Jamiyat | 16:34 / 09.01.2017
8708
2 daqiqa o‘qiladi

Farzandi tortib olingan o‘zbekistonlik ayol masalasi yaqin kunlarda o‘z yechimini topishi kutilmoqda

Foto: Sputnik

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarosi Nilufar Mamasaidovaga farzandini qaytarishda yordam bermoqda. Bu haqida diplomatik missiya xabariga tayanib, RIA "Novosti" ma'lum qildi. 

"Konsullik bo‘limi bu masala bilan yaqindan shug‘ullanib,  Rossiya hukumati hamda ichik ishlar organlari bilan aloqa o‘rnatdi. O‘ylaymanki, shu kunlarda bu masala o‘z yechimini topadi. Bilishimcha, konsullik xodimlari Mamasaidova bilan uchrashib, uning nomiga vaqtinchalik hujjat rasmiylashtirishgan. Ushbu muammoni hal qilish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda", - dedi agentlik suhbatdoshi. 

Bundan avval Moskva IIVning "Kuntsevo" bo‘limi xodimlari o‘zbekistonlik Nilufar Mamasaidovaning farzandini shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qligi sabab tortib olishgani haqida xabar berilgan edi

O‘z navbatida, poytaxt IIV matbuot xizmatida politsiya o‘zbekistonlik fuqaroning 1 yoshli farzandini tortib olmagani aytilgan. Ularning ma'lumotiga ko‘ra, qizcha yuqori harorat bilan shifoxonaga yetkazilgan. 

RF prezidentining bolalar huquqi bo‘yicha vakolatchisi Anna Kuznetsova O‘zbekiston fuqarosining farzandini qaytarish uchun barcha sharoitlarni yaratish zarurligini ta'kidlagan. Ombudsmenning so‘zlariga ko‘ra, qizcha hozirda yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo‘lib, onasining hujjatlari tayyor bo‘lishi bilan u qizini ko‘rishi mumkin. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid