Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mintaqalarida hukumatning vakolatli vakillari paydo bo‘ladi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi «Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha Axborot-tahliliy departament Nizomi»ni tasdiqladi. Hukumat shu xususda qaror qabul qilgan. Ushbu hujjatga muvofiq, mazkur Departament Bosh vazir rahbarligida faoliyat yuritadi va O‘zbekiston Bosh vazirining Birinchi o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
Departament faoliyati Vazirlar mahkamasi, uning Prezidiumi hamda hukumatning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish bo‘yicha ijroiya apparatini axborot-tahliliy materiallar bilan ta'minlashga qaratilgan.
Qarorda ta'kidlanishicha, Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha bosh va yetakchi mutaxassislari Vazirlar Mahkamasining o‘zlari bo‘lib turgan hududdagi vakolatli vakili hisoblanadi.
Yangi departament mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini monitoring va tahlil qiladi, hududlarni rivojlantirish dasturlari ijrosini ta'minlash, shuningdek, hududlarning iqtisodiy rivojlanishi va ijtimoiy sohadagi ahvoli yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlaydi.
Bundan tashqari, har bir hududdagi mehnat va ishlab chiqarish salohiyati, mineral-xomashyo bazasidan samarali foydalanish, mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ham ishlab chiqadi.
Hududlardagi aholi orasidagi demografik jarayonlar, jinslar orasidagi farq, aholi bandligining darajasi va tuzilmasi, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish ham Departament vazifalari etib belgilangan.
Mavzuga oid
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)
11:49 / 20.11.2024
Vazirlar Mahkamasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilandi
15:25 / 19.11.2024