Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xitoy samolyotlari Janubiy Koreya osmoni kengliklariga yaqinlashdi
Xitoyning o‘nga yaqin harbiy samolyoti 9 yanvar kuni Koreya respublikasi havo hujumidan mudofaa tizimlarining nazorat hududidan o‘tgan. Ular Chejudo oroli janubi va Iodo oroli g‘arbidan uchib o‘tishgan. Bu haqda KBS telekanaliga mamlakat milliy mudofaa vazirligidagi manba ma'lum qilgan.
"Har qanday havo kemalari mazkur hududni kesib o‘tishdan avval Janubiy Koreya tomonidan ruxsat olishi kerak. Biroq Xitoy samolyotlari hech qanday so‘rov qilishmagan", - deyiladi lavhada.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Koreya havo kengliklarining buzilishi bir necha marta qayd etilgan. Janubiy Koreya HHK 10ta F-15K va KF-16 qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘targan. Ular chegara buzuvchilarni havo hujumidan mudofaa tizimlari hududidan chiqarib yuborishgan. Koreya harbiylari Xitoy tomonini yuz bergan hodisadan ogoh etishgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025