Jahon | 14:40 / 10.01.2017
6175
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada izsiz yo‘qolgan deb hisoblangan ikki askar jasadi Turkiyaga qaytarildi

Suriyaning Al-Bab shahrini IShID terrorchilaridan ozod qilish uchun "Frot qalqoni" operatsiyasida qatnashgan, izsiz yo‘qolgan, deb hisoblangan ikki askarning jasadi Turkiyaga qaytarildi. Bu haqida xavfsizlik xizmati xodimining so‘zlariga asoslanib, Daily Sabah nashri xabar berdi. 

Chanoqqal'a provinsiyasida yashovchi Kivanch Kashikchi va adanalik Muhammad Dyuran Keskin 2016 yilning 29 noyabrida IShIDga qarshi olib borilayotgan "Frot qalqoni" operatsiyasi davomida g‘oyib bo‘lishgan. 

Askarlarning jasadi Turkiya janubidagi G‘azontepa aeroportiga qaytarildi, shu yerdan ular yashagan provinsiyalarga yetkaziladi. 

Turk armiyasi 29 noyabr kuni Suriyaning shimoliy chegarasi  hududida, "Frot qalqoni" operatsiyasi davomida ikki nafar askari bilan aloqa uzilganligi to‘g‘risidagi bayonot bilan chiqqandi. 

IShID terrorchilariga qarshi olib borilayotgan "Frot qalqoni" operatsiyasiga 24 avgust kuni start berilgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid