Jahon | 19:56 / 10.01.2017
8775
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh vazir: Yevropa xavfsizligi Turkiya chegaralaridan boshlanadi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim G‘arb davlatlarining terrorchilik tuzilmalariga nisbatan tutgan pozitsiyasini tanqid qildi.

"Turkiyaning ittifoqdoshi va hamkori bo‘lgan Yevropa terrorchilik tashkilotlari o‘rtasida farqlash qilmoqda. Yevropada Kurdiston ishchi partiyasiga ko‘z yumishadi, gap IShID haqida ketganda diametral qarama-qarshi fikr bildiriladi", deb aytdi Yildirim. 

Yildirim terrorchilik tashkilotlariga nisbatan ikkiyoqlamalik global dunyoga nisbatan eng katta sotqinlik hisoblanishini aytdi.

"Yevropa xavfsizligi Turkiya chegaralaridan boshlanadi. Agar Turkiyada xavfsizlik ta'minlansa, unda Yevropa xavfsizligiga ham xavf bo‘lmaydi", deb aytdi Yildirim.

Yildirim bir qator davlatlar IShID bilan faqatgina so‘zlarda kurashayotganidan afsusdaligini aytdi.

Yildirimning aytishicha, 15 iyulda Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin Yevropa davlatlari Fathulla Gulen oqimi terrorchilari harakatlarini qoralash o‘rniga, aksincha, ularga bosimni kamaytirishga chaqirishgan.

Mavzuga oid