Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinadagi slanets konlariga 5 mlrd dollar sarmoya kiritiladi
Argentina hukumati bir nechta neft kompaniyalari bilan Neuken viloyatidagi Vaka Muerta slanets koniga 5 mlrd dollar investitsiya qilinishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Argentina prezidenti Maurisio Makri ma'lum qildi.
"Kelishuvga ko‘ra kompaniyalar birinchi yil 5 mlrd dollar ajratish majburiyatini oldilar. Keyingi yillarda bu qiymat 2 martadan ko‘proqqa oshishi kerak", deb aytdi Makri. Kelishuvda Argentinaning YPF va Pan American Energy, Fransiyaning Total, AQShning Chevron va Shell niderland-britan neft-gaz kompaniyalari ishtirok etmoqda.
Investitsiyalar evaziga ishlab chiqarilgan yonilg‘i narxi 1 mln britan issiqlik birligi uchun 7,5 dollardan kam bo‘lmasligi kafolatlanmoqda. Hukumat o‘z zimmasiga infratuzilma, jumladan avtomobil va temir yo‘lni rivojlantirishni oladi. Neuken rahbariyati esa soliqlarni oshirmaslik majburiyatini oladi.
"5 mlrd dollarning o‘zi uncha muhim emas. Muhimi, bu mablag‘ evaziga ish o‘rinlari yaratiladi", deb aytdi Makri. Makri kelajakda bunday kelishuvlarga iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham erishishga muvaffaq bo‘linishiga umid bildirdi.
Vaka Muerta noan'anaviy uglevodorodlar koni bo‘lib, 2010 yilda Repsol-YPF kompaniyasi tomonidan ochilgan. Uning zaxiralari 16 mlrd barrel slanets nefti va 208 trln kub fut slanets gazi miqdorida baholanadi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
14:57 / 19.05.2025