Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama: IShID yo‘q qilinadi
AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonot berishicha, uning 8 yillik prezidentlik davrida Amerika maxsus xizmatlari va harbiylari "o‘n minglab terrorchilar"ni yo‘q qilgan. Shunga ko‘ra, IShID ham yo‘q qilinadi, deb ta'kidlagan Obama.
"Biz o‘n minglab terrorchilar, jumladan, Usoma bin Lodinni o‘ldirdik. IShIDga qarshi biz yetakchilik qilayotgan xalqaro miqyosdagi koalitsiya ularning yarmini yo‘q qildi ham hududining yarmiga yaqinini ozod etdi", — degan Obama Chikagodagi xayrlashuv ma'ruzasida.
"IShID yo‘q qilinadi va Amerikaga tahdid soladigan hech kim xavfsiz bo‘la olmaydi", — deb qo‘shimcha qilgan prezident.
Obama 20 yanvar kuni iste'foga chiqadi, Donald Tramp AQShning yangi prezidenti bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025