Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bir qator sportchilarni Olimpiada medallaridan mahrum qildi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida oltin medallarni qo‘lga kiritgan xitoylik ayol og‘ir atletikachilar Tsao Ley, Chen Sesya va Lyu Chunxunni ularning doping-namunalari qayta tekshirilgandan keyin medallaridan mahrum qildi.
Xitoyliklarning namunalarida o‘sish gormoni stimulyatorlari aniqlangan. Tsao Ley 75 kg gacha, Chen Sesya 48 kg gacha, Lyu Chunxun 69 kg gacha vazn toifasida oltin medallarni qo‘lga kiritgandilar.
Bundan tashqari, XOQ ushbu Olimpiadada yadro uloqtirishda bronza medalini qo‘lga kiritgan belaruslik Nadejda Ostapchuk va bolg‘a uloqtirishda 4-o‘rin olgan Darya Pchelnikning natijalarini bekor qildi. Ostapchuk namunasida turinabol va tamoksifen, Pchelniknikida esa turinabol taqiqlangan vositalari aniqlangan.
2012 yilgi London Olimpiadasida olingan doping-namunalar qayta tekshirilishi turkiyalik Sibel Simsek (og‘ir atletikada 4-o‘rin, turinabol va stanozolol taqiqlangan vositalari), ozarbayjonlik Intigam Zairov (og‘ir atletikada 6-o‘rin, turinabol) va Norayr Vardanyan (og‘ir atletikada 11-o‘rin, turinabol) namunalarida taqiqlangan vositalar borligini ko‘rsatgan.
XOQ sportchilardan medallar va diplomlarni qaytarib berishni so‘ragan.
XOQ tomonidan o‘tkazilgan qayta tekshirishlarda Pekin (60 nafar) va London (38 nafar) Olimpiadalarida ishtirok etgan 98 sportchining namunasida taqiqlangan moddalar borligi aniqlangan. Shu bilan birga, 23 medalchining doping-namunalari ijobiy natija bergan. Qayta tekshirish uchun hammasi bo‘lib Pekin va London Olimpiadalaridan 1243 doping-namuna tanlab olingan.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
16:55 / 11.04.2025
2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayol sportchilar birinchi marta ko‘pchilikni tashkil qiladi
08:42 / 22.03.2025
XOQ rahbari harbiy mojarolar tufayli o‘yinlardan chetlatishga qarshi chiqdi
23:37 / 20.03.2025