Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sberbank yurist-robotlari sababli 3 ming xodimini ishdan bo‘shatadi
Rossiyaning eng yirik moliya muassasalaridan biri Sberbank 2017 yili 3 ming xizmatchisini lavozimidan ozod etadi. Ularning vazifasini robot ado etadi. Robotlashtirish jarayoni rivojlanishi bilan boshqa mutaxassislar ham qisqartiriladi, deya ma'lum qilgan Sberbank rahbari o‘rinbosari Vadim Kulik Gaydar forumida.
Uning aytishicha, "o‘tgan yilning to‘rtinchi choragida yurist-robot ishga tushirilgan, u arizalarni mustaqil ravishda o‘rganib chiqa oladi. Shunga ko‘ra 2017 yilning birinchi yarim yilligida jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha barcha ishlar shunday robotlarga topshiriladi", — degan Kulik.
Kulik keyinchalik, Sberbank matbuot xizmati orqali masalaga oydinlik kiritishicha, robotlar muassasadagi yuristlarning ishini yengillashtirib, ularning murakkab huquqiy masalalar bilan shug‘ullanishiga imkon berishini aytgan.
Shu bilan birga, Sberbank yuristlarga qayta o‘qitishdan o‘tishni taklif qiladi, biroq, bu qisqartishlarning oldini ololmaydi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025