Jahon | 22:24 / 14.01.2017
5369
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda halok bo‘lgan BAAlik diplomatlarning jasadi o‘z vatanlariga yetkazildi

Foto: RIA

Afg‘onistonda terakt vaqtida halok bo‘lgan BAAlik diplomatlarning jasadi o‘z vatanlariga yetkazildi. Bu haqda WAM axborot agentligi xabar bermoqda.  

10 yanvarda Afg‘onistonning Qandahor shahrida portlash oqibatida 11 kishi halok bo‘lgandi va 16 kishi jarohatlangandi. Teraktda 5 nafar BAAlik diplomat halok bo‘lgan, BAAning Afg‘onistondagi elchisi jarohat olgan. Portlash BAAlik diplomatlar gumanitar missiya bilan bo‘lgan Qandahor viloyatining gubernatori mehmonlarni qabul qilish uyida sodir bo‘lgan. 

4 kishining jasadi BAAga rasmiy shaxslar hamrohligida harbiy samolyotda yetkazilgan. Beshinchi diplomatning jasadini aniqlash hali yakunlanmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid