Video: Londonda oqqush butunboshli poyezdni sekin harakatlanishga majbur qildi
Londonning ma'muriy qismiga kiruvchi Teddington shahridagi temir yo‘liga taxminan 9:30 da oqqush chiqib keldi. Buning oqibatida ortda kelayotgan poyezd mashinisti jonivor orqasidan taxminan uch kilometr masofada past tezlikda harakatlanib kelgan. Hodisaga Metro nashri e'tibor qaratdi.
Platformada transportni kutib turgan kishilar oqqush va uning ortidan kelayotgan poyezdni ko‘rib hayron qolishdi hamda voqeani fotosuratga tushirishga kirishib ketishdi. Vaziyatdan norozi bo‘lganlar ham topildi – erkaklardan biri relslarga sakrab tushib, jonivorni qo‘rqitishga uringan, ammo oqqush bunga e'tibor ham qaratmay o‘z yo‘lida davom etdi.
Taxminan bir soatlardan so‘ng temir yo‘l xizmati xodimlari jonivorni yo‘ldan olib chiqib ketishdi va poyezdlar odatiy ish tartibi bilan qatnay boshladi.
Mavzuga oid
19:16 / 23.11.2024
Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi
10:12 / 22.11.2024
Metro uchun yana 26 ta poyezd xarid qilinadi
07:54 / 18.11.2024
Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
23:28 / 14.11.2024