Jamiyat | 14:56 / 16.01.2017
4923
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya bosh vaziri surati Vogue jurnali muqovasida paydo bo‘ladi

Tereza Mey Buyuk Britaniyaning AQShdagi Vogue jurnali muqovasida surati beriladigan ilk bosh vaziriga aylanadi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Muqovaga surat Mey qarorgohida o‘tgan hafta olindi. Muallif - Enni Leybovits.

Bosh vazir tasvirlangan jurnalning aprel oyi soni martda sotuvga chiqariladi.

Ma'lumot uchun, Britaniyaning avvalgi bosh vaziri Margaret Tetcher Vogue’ning Britaniyadagi nusxasi muqovasida paydo bo‘lgan. Biroq jurnalning AQShdagi nusxasida Birlashgan Qirollik bosh vazirlari surati hali berilmagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid