Saratovdagi avtohalokat qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar ham bo‘lgan
15 yanvar kuni Rossiyaning Saratov viloyati hududida Toyota miniveni va Volvo rusumli yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida halok bo‘lgan 7 kishidan ikki nafari o‘zbekistonlik bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston FVV saytida xabar berildi.
"Rossiya Federatsiyasi FVVning bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yilning 15 yanvar kuni soat 01.32 (Moskva vaqti bilan) da “Nijniy Novgorod-Saratov” 1R-158 avtomobil yo‘lining Saratov oblasti hududidan o‘tuvchi 547 kilometrida Volvo rusumli yuk avtomobili hamda Toyota Verso rusumli yengil avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
YTH natijasida 7 kishi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida 2 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bor. Bular:
1.Lyudmila Bazarova, 1975 y.t.
2.Zaynutdin Abdusalanov, 1992 y.t.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda halok bo‘lganlarning yaqinlariga zaruriy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda", deyilgan xabarda.
Bu halokat sodir bo‘lgan vaqtda qurbonlar Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilgandi, ko‘p o‘tmay qurbonlarning yettalovi ham qirg‘izistonlik bo‘lgani ma'lum qilindi.
Internetda Saratovdagi avtohalokat joyidan olingan video paydo bo‘ldi
Mavzuga oid
22:21 / 11.11.2024
Reuters: Toyota Xitoydagi biznes strategiyasini o‘zgartiradi
18:00 / 06.11.2024
Yaponiyada Toyota’ning birinchi uchar taksisi namoyish etildi
14:37 / 30.10.2024
Toyota avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi ketma-ket sakkizinchi oy pasaydi, sotuvlar ham qisqardi
20:52 / 05.09.2024