O‘zbekiston | 16:33 / 16.01.2017
68063
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston turoperatorlariga valyuta qabul qilishga ruxsat berildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 12.01.2017 yildagi 1165-5-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan qarori bilan  “O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani olish qoidalari to‘g‘risidagi Nizom”ga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Endilikda naqd xorijiy valyutani O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan mehmonxonalar va boshqa joylardagi xizmatlar uchun to‘lov sifatida qabul qilinishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan mahalliy turistik operatorlar orqali xorijiy sheriklarning turistik xizmatlariga to‘lov amalga oshirilishi mumkin.

Bu holatlarda rezident va norezidentlardan naqd xorijiy valyutani qabul qilish korxona va tashkilotlarning maxsus kassalarida, xorij valyuta tushumi inkassatsiyasi bilan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

Mavzuga oid