Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda qayta turmush qurayotganlarga to‘y marosimi o‘tkazish taqiqlab qo‘yildi
Xitoyning janubidagi Guychjou viloyatining Kayli shahri rahbariyati ikkinchi marotaba uylanayotganlar uchun to‘y banketini o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi.
Ta'kidlanishicha, endi yoshlar to‘y banketini o‘tkazish uchun avval mahalliy hukumat ular bungacha turmush qurmaganiga ishonch hosil qilishi uchun u bilan uni kelishib olishlari kerak bo‘ladi. Xuddi shunday qoida eslash marosimi o‘tkazish uchun ham taalluqlidir: uni o‘tkazish uchun tegishli idoralarda ruxsat beruvchi hujjatni olish zarur.
Shuningdek, bir to‘y marosimi uchun bir nechta joydan foydalanish taqiqlanadi.
Ta'kidlanishicha, Xitoy kommunistik partiyasi 2012 yildayoq korrupsiya, qog‘ozbozlik va o‘z boyligini ko‘z-ko‘z qilish holatlariga qarshi umummilliy kampaniyani boshlagan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025