Fan-texnika | 15:22 / 18.01.2017
37682
1 daqiqa o‘qiladi

iPhone 8 haqidagi barcha ma'lumotlar bir kontseptda (fotojamlanma)

Handy Abovergleich resursi iPhone 8'ning real kontseptini taqdim etdi. Uni ishlashda insayderlar tomonidan avval xabar qilingan barcha ma'lumotlar inobatga olindi. Bu haqida Hi-Tech nashri xabar berdi.

Kontsept uchun dizaynerlar Apple saytida iPhone 7 ruhidagi sahifani yaratishdi. Insayderlar smartfonning yon tomonlari qayrilgan va shisha korpusli bo‘lishi haqida ma'lum qilishgandi. Bundan tashqari, iPhone 8 qurilmasi yanada yaxshilangan kamera, USB Type-C porti va AMOLED-ekranga (16 Mp va 8 Mp) ega bo‘lishi ta'kidlangan.

"Uyga" tugmasi yanada universallashadi va barmoq izlari skanerini saqlab qoladi. Yangi qurilmaga Iris-skaner ham o‘rnatiladi. iPhone 8 uch xil o‘lcham va olti xil dizayn variantida taqdim etilishi kutilmoqda. Smartfon Apple Pencil va simsiz zaryadlash tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.

Mavzuga oid