Jahon | 19:39 / 18.01.2017
8156
1 daqiqa o‘qiladi

Londonga Xitoydan ilk yuk poyezdi yetib keldi

Londonga Xitoy (Iu shahri)dan birinchi yuk poyezdi yetib keldi. Bu haqda InterRail Holding AG servisi xabar berdi.

Poyezd Qozog‘iston, Rossiya, Belorus, Polsha, Germaniya, Belgiya va Fransiya mamlakatlari orqali o‘tib kelgan. Yo‘nalishning umumiy uzunligi – 12 mingdan ortiq kilometrni tashkil etib, poyezd bu yo‘lni 18 kunda bosib o‘tgan.

Ta'kidlanishicha, London Yevropadagi Xitoy bilan temir yo‘l yuk tashuvlarni amalga oshiruvchi 15-shaharga aylandi.

Sinxua agentligining Xitoy temir yo‘l korporatsiyasiga asosan xabar berishicha, yangi yo‘nalish Xitoy va Buyuk Britaniya o‘zaro savdo aloqalarini mustahkamlaydi, shuningdek, Xitoyning “bir kamar – bir yo‘l” tashabbusidagi maqsadlarga xizmat qiladi. 

Mavzuga oid