AQSh prezidentining vazirlar mahkamasida lotin amerikaliklar bo‘lmaydi
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning vazirlar mahkamasida 1988 yildan buyon birinchi marta lotin amerikalik amaldorlar bo‘lmaydi. The Dallas News nashri shu haqida xabar berdi.
Manbada ta'kidlanishicha, Lotin Amerikasi faollari Trampning bunday xatti-harakatlaridan norozi. Ikki ispanzabon nomzod qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga ko‘rilayotgan edi: San-Antonida yashovchi respublikachi Henri Bonilya va Texas A&M kompaniyasining sobiq prezidenti Elza Murano.
"Biz bundan tashvishdamiz. Bu aksildemokratiya", - dedi Lotin Amerikasi yetakchilik milliy dasturi hamda inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari guruhi raisi Hektor Sanches.
Oq uyning yangi matbuot kotibi Shon Spayser vazirlar mahkamasida lotin amerikaliklar yo‘qligi haqidagi savollarga "o‘z ishini yaxshi bajaradigan kishilarni tanlash muhimroq", deya javob qaytardi.
Mavzuga oid
21:09 / 04.10.2024
AQShning davlat qarzi ilk bor 35 trln dollardan oshdi
11:00 / 04.10.2024
AQShda ColdRiver hakerlarining 100 dan ortiq domeni bloklandi
08:20 / 04.10.2024
AQSh va Isroil TsAHALning Erondagi ehtimoliy nishonlarini muhokama qilmoqda
16:57 / 03.10.2024