Jahon | 16:59 / 19.01.2017
3441
1 daqiqa o‘qiladi

Gambiyada 20 yil davomida vitse-prezident bo‘lgan siyosatchi iste'foga chiqdi

Gambiya vitse-prezidenti lavozimini 1997 yildan beri egallab kelgan Izatu Njiye Saydi iste'foga chiqdi. Bu haqda Reyter agentligi hukumat va Saydi oilasidagi manbalarga asosan xabar berdi.

Shuningdek, oliy ta'lim vaziri Abubakar Sengxor ham o‘z vazifasidan ketgan.Gambiyadagi siyosiy inqiroz dekabr oyi oxirida yuzaga keldi. Bu holat prezident Yayya Jamme bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasini tan olmasligini ma'lum qilib, vazifasini tark etishdan bosh tortgach, ro‘y berdi. Jamme o‘z vakolat muddati yakuniga yetishiga bir kun qolganda mamlakatda favqulodda holat e'lon qildi. Avvalroq, Jamme hukumatni topshirishdan bosh tortsa, Senegal Gambiyaga qo‘shinlarini kiritishga tayyor turgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid