Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy valyuta bozorida beqarorliklar yuz bermaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tkazmoqchi bo‘lgan moliyaviy siyosat Xitoy valyuta bozorida beqarorliklarga sabab bo‘lmaydi. TASS agentligining xabar qilishicha, Xitoy davlat valyuta nazorati boshqarmasining rasmiy vakili Van Chunin shunday bayonot bergan. Uning tan olishicha, Xitoy hukumatining moliyaviy siyosat yuritish imkoniyatlari birmuncha cheklangan, biroq, bu umumiy makroiqtisodiy vaziyat tufayli ro‘y bergan.
«Jahon iqtisodiyotidagi vaziyat YaIM o‘sishi sekinlashishi, savdoning past sur'atlarini saqlab qolish va investitsiyalar hajmi tushishiga omil bo‘layotganini rad etib bo‘lmaydi», — degan rasmiy vakil. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday sharoitda, AQSh ma'muriyati o‘zgarishiga emas, iqtisodiyot tuzilmalarini optimallashtirish va olib borilayotgan iqtisodiy siyosatga diqqatni qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Van Chuninning fikricha, kelajakda transchegaraviy kapital harakati barqaror bo‘ladi.
AQSh Federal zaxira tizimi siyosatining Xitoy valyutaga bozoriga ehtimoliy ta'siri xususida berilgan savolga javob bergan Van Chuninning ta'kidlashicha, Amerika markaziy bankining harakatlari butun dunyoga ta'sir etadi, biroq, Xitoy moliya bozoridagi vaziyat «ancha yaxshidir».
FZT rahbari Janet Yyellen qayta moliyalash stavkasi 2019 yilgacha asta-sekinlik 3 foizga yetkazilishi haqida ma'lum qilgan edi. Hozirgi vaqtda, bu raqam 0,5-0,75 foizni tashkil etadi. Biroq, buning uchun, «AQShdagi iqtisodiy o‘sish kuchli ekaniga ishonch hosil qilish lozim».
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025