Obama Rossiya bilan amaliy hamkorlik qilishga uringani haqida ma'lum qildi
AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonot berishicha, u har doim Rossiya bilan amaliy hamkorlik qilishga uringan. Obama bu haqda o‘zining prezidentlik lavozimidagi so‘nggi matbuot anjumanida so‘z yuritdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Rossiya bilan yaxshi munosabatlar AQSh va dunyo manfaatlariga javob beradi. Bu mening prezidentligimdagi yondashuvdir», — degan Obama.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «sovuq urush» davridagi raqobatga qaytish mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarga rahna soladi, xolos. Obamaning qo‘shimcha qilishicha, AQSh Rossiya «jahon hamjamiyatining mas'uliyatli a'zosi» bo‘lishiga hissa qo‘shgan.
Obama, shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasida yangidan mustahkam aloqalarni kutayotgani va Rossiya bilan yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha muzokaralarning qayta boshlanishiga umid qilishini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
09:50
AQSh Ukraina uzra Rossiya raketalarini urib tushirishdan bosh tortganiga izoh berdi
21:09 / 04.10.2024
AQShning davlat qarzi ilk bor 35 trln dollardan oshdi
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024