Jahon | 09:21 / 19.01.2017
5530
1 daqiqa o‘qiladi

Senegal armiyasi Gambiyaga qo‘shin olib kirishga tayyorligini bildirdi

Foto: Getty Images

Gambiya bilan chegaraga safarbar qilingan Senegal armiyasi agar Gambiya prezidenti Yahyo Jamme o‘z lavozimini tark etmasa, bu davlatga qo‘shin olib kirishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Jamme avvalroq o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida muxolif nomzod Endryu Berrouga yutqazganiga qaramasdan, o‘z lavozimini tark etishdan bosh tortmoqda.

"Biz tayyormiz va yarim tungacha muxlat beramiz. Agar siyosiy yechimni topishga muvaffaq bo‘linmasa, biz vaziyatga aralashamiz", deb aytgan Senegal armiyasi vakili.

Senegal shuningdek BMT Xavfsizlik kengashiga "Gambiya xalqi istagi e'tiborga olinishi uchun barcha choralarni ko‘radigan" G‘arbiy  Afrika iqtisodiy hamjamiyatini qo‘llab-quvvatlash iltimosi bilan rezolyutsiya yo‘lladi.

"Yakun keldi. Buni qabul et", deb aytgan g‘olib Berrou Jammega.

Mavzuga oid