Jahon | 23:00 / 19.01.2017
7618
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya ilk fregatini qurmoqda

Istanbul yaqinidagi Tuzla tumanidagi verfda Turkiyaning ilk fregati "Istanbul"ning birinchi seksiyasini payvandlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Fregat "Milliy kema" (MİLGEM) loyihasi doirasida loyihalangan.

Marosimda Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishik va harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni admiral Bulent Bo‘stono‘g‘lu ishtirok etgan.

Ishikning aytishicha, turk tomonining loyihani amalga oshirishdagi ishtiroki 65 foizni tashkil qiladi. Kemalarni qurish va jihozlashda 50 dan ko‘proq mahalliy tashkilot va kompaniya ishtirok etmoqda. 

Mudofaa vaziri, shuningdek, Turkiya qurolli kuchlarining harbiy kemalarga barcha ehtiyoji mahalliy verflar hisobiga qanoatlantirilishini aytdi.  

"Harbiy kemalar qurilishi Tuzla tumanidagi 7 ta xususiy verf hamda Turkiya mudofaa vazirligi hisobidagi verflarda davom etmoqda. Kemalarning qurilishiga 5,5 mlrd dollar ajratilgan", deb ta'kidlab o‘tdi Ishik.

Uning aytishicha, fregatlar, patrul katerlari, yordamchi kemalar va tezyurar katerlarning qurilishi loyihasini amalga oshirish uchun 12 mlrd dollar ajratish rejalashtirilgan.

"Kemalarni jihozlash ularni qurishdan qimmatroq tushadi. Shuning uchun Turkiya mahalliy jangovar tizimlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi va bu yo‘nalishda katta taraqqiyotga erishmoqchi", deb ta'kidlab o‘tdi Ishik.

Mavzuga oid