Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umraga kelgan 6 nafar britaniyalik YTH natijasida halok bo‘ldi
Britaniya hukumatining ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining olti nafar fuqarosi Saudiya Arabistonidagi avtomobil halokati natijasida halok bo‘lgan, qolganlari esa jarohat olgan. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.
Tashqi ishlar vazirligining payshanba kuni bergan ma'lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan britaniyaliklarning oilasi qo‘llab-quvvatlanmoqda va YTHda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilmoqda.
Glazgodagi markaziy masjid ikki nafar halok bo‘lgan kishining ismini ma'lum qildi - bular shotlandiyalik Muhammad va Tal'at Aslam. Manbaga ko‘ra, qolgan to‘rt nafar qurbon Angliya shimoli-g‘arbidagi Manchesterdan bo‘lgan.
Masjidda ma'lum qilinishicha, guruh endigina musulmonlarning muqaddas shahri hisoblanmish Makkada Umra amallarini bajarib, Madina shahriga yo‘l olgan paytda ular o‘tirgan avtobus halokatga yo‘liqqan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025