Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook Daniyada o‘z ma'lumotlar markazini ochadi
Facebook kompaniyasi Daniyaning Odense shahrida o‘zining uchinchi ma'lumotlar markazini barpo etadi. Bu haqida kompaniya rahbari Mark Tsukerberg o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, bu umumiy hisobda sakkizinchi, Yevropadagi uchinchi va Daniyadagi birinchi ma'lumotlar markazi hisoblanadi. Yangi markaz 100 foiz qayta ishlanuvchi resurslar tomonidan quvvatlantiradi, u yaqin yillarda minglab odamlarni yangi ish o‘rinlari bilan ta'minlaydi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Odensedagi ma'lumotlar markazi dunyodagi eng zamonaviy va energosamarali markazlardan biri bo‘ladi. Mamlakatning sovuq iqlimi elektr energiyasini tejashda ayni muddao, bu serverlarni sovutishda qo‘l keladi, faqat konditsionerlarga tayanib qolinmaydi.
Odense - Daniyaning uchinchi eng yirik shahri. Shuni ta'kidlash joizki, Yevropada - Shvetsiya va Irlandiyada Facebook kompaniyasining ikki ma'lumot markazi faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
23:20 / 22.05.2025
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi
19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
14:25 / 17.04.2025
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi
18:44 / 02.04.2025