Morgan Friman Turkish Airlines kompaniyasining yangi "yuzi"ga aylandi
Dunyoga mashhur Hollivud aktyori Morgan Friman Turkish Airlines kompaniyasi brendining (THY) yangi "yuzi"ga aylandi. Bu haqida Turkiyaning Daily Sabah nashri xabar berdi.
Turkish Airlines payshanba kuni Morgan Friman brendning AQShdagi yangi "yuzi" bo‘lishi haqida e'lon qildi.
Friman ishtirokidagi tijorat roligi 5 fevral kuni Super Bowl finali vaqtida efirga uzatiladi. Reklama roligi s'yomkalari bugun Los-Anjyelesda boshlandi.
O‘tgan yili THY 800 million kishi tomonidan tomosha qilingan, bu yil esa ularning soni oshishi kutilmoqda.
Super Bowl TVda chempionlar ligasi bilan bir qatorda namoyish etiladigan eng mashhur sport hodisasi hisoblanadi.
O‘tgan yili THY Superkubokda taqdim etilgan birinchi turk brendi bo‘ldi. Brend Warner Bros bilan bitim imzolanganidan keyin uning Betmen Supermenga qarshi nomli kampaniyasi yo‘lga qo‘yilgan.
Butun dunyo bo‘ylab 293 punktga parvozlarni amalga oshiruvchi (ulardan to‘qqiztasi AQShda) Turkish Airlines bir necha marotaba Yevropaning eng yaxshi aviakompaniyasi sifatida e'tirof etilgan.
Aktyorlik bilan birga uchuvchilik kasbini ham egallagan 79 yoshli Morgan Friman 2015 yilda Turkiyaga National Geographic uchun "Parvardigor haqida qissa" deb nomlangan hujjatli film s'yomkalari doirasida tashrif buyurgan.
Morgan Friman o‘zining "Shoushenkdan qochish" va "Miss Deyzining haydovchisi" filmlaridagi ishtiroki bilan muxlislar qalbidan joy olgan, u 2014 yilda "Million dollarlik qizcha" filmidagi ishtiroki uchun "Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor" sifatida e'tirof etilib, "Oskar" mukofotini qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid
09:43 / 14.11.2024
Qonuniy tashqi reklama konstruksiyasi noqonuniy buzilganda biznes-ombudsmanga xabar berish mumkin
12:28 / 11.11.2024
Toshkentda noqonuniy tashqi reklamalarni olib tashlash bo‘yicha reyd o‘tkazildi
16:06 / 08.11.2024
“Biologik faol qo‘shimchalar reklamalarida 328 ta qonunga zid holat aniqlandi” – Raqobatqo‘m
21:02 / 05.11.2024