Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Toshkent" aeroportining yangi terminali qurilishiga 430 mln dollar sarflanadi
«Toshkent» xalqaro aeroportining yangi fuqarolik terminalining (Toshkent-4) qurilishiga 430 mln dollari yo‘naltiriladi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz nashri.
Avvalroq terminal loyihasi 336 mln dollardan ko‘proqni tashkil qilishi ma'lum qilingandi. Asosiy kreditor Koreyaning Eksimbanki bo‘ladi, u taxmin qilinishicha, loyiha uchun 200 mln dollar ajratadi.
Yangi terminal ikki yil davomida quriladi, uning maydoni Toshkent-2 terminalidan 2 marotaba, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish binosi hajmi esa 3 marotabaga kattaroq bo‘ladi.
Yangi terminalning tashqi ko‘rinishi dizaynerlar fikricha, yuqoridan qaraganda afsonaviy Xumo qushining yoyilgan qanotlarini eslatishi kerak. Terminal 36 samolyot uchun pirron va 1700 mashinani qo‘yish uchun avtoturargohga ega bo‘ladi. Terminal qurib bitkazilgandan keyin soatiga 1500 yo‘lovchiga xizmat qila oladi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.08.2020
Tojikiston Xitoydan qarz majburiyatlari bo‘yicha yengillik taqdim etishni so‘radi
09:34 / 12.11.2019
Koreya Eksimbanki O‘zbekiston tibbiy muassasalarini 74 mln dollarlik uskunalar bilan jihozlaydi
13:45 / 06.06.2018
«Turonbank» ATB Xitoyning Eksimbanki bilan jami 85,8 mln. AQSh dollarlik ikki tomonlama kelishuvlarni imzoladi
15:26 / 17.05.2018