Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Xalq banki bayramlar arafasida rekord darajada likvidlikni ta'minlamoqda
Xitoy Xalq banki pul massasini 1,19 trln yuanga (173 mlrd dollar) oshirib, joriy haftada milliy bozorda rekord darajadagi likvidlikni ta'minlashni amalga oshirdi. Bu haqda 22 yanvarda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Xitoy Xalq bankida izoh berilishicha, bunday choralar oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil kirib kelishi arafasida (joriy yilda 28 yanvarga to‘g‘ri kelmoqda) naqd pulga talabning keskin oshishi sababli uning yetishmasligi yuzaga kelishi xavfini minimallashtirishga qaratilgan. Xitoyning ko‘plab kompaniyalari yaqin kunlarda o‘z xodimlariga maosh va mukofot pullarini to‘lab beradi. Bundan tashqari, Xitoyda bu vaqtda ko‘plab odamlar mamlakat bo‘ylab sayohat qiladilar, bayramga ko‘plab sovg‘alar xarid qiladilar. Bayramlar vaqtida naqd pul kiritilishi evaziga Xitoy Xalq banki mamlakat banklararo kreditlash bozorida foiz stavkalarining keskin oshib ketishi yuzaga kelishiga yo‘l qo‘maslikka erishadi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025