Jahon | 17:31 / 23.01.2017
19836
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda korrupsiyaga qarshi yangi kurashuvchi paydo bo‘ldi

23 yanvarda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat hukumatida navbatdagi kadrlar almashinuvini amalga oshirdi. U hukumatning ikki a'zosini vazifasidan ozod qilgan va korrupsiyaga qarshi kurash ma'muriyatiga yangi rahbarni tasdiqladi. 

Shunday qilib, Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligiga Sulaymon Sultonzoda rahbarlik qiladi. U bungacha Tojikiston bosh prokuraturasida kadrlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Unga yangi vazifasida Tohir Nurzoda o‘rinbosarlik qiladi, deb xabar qilmoqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati. 

Bundan tashqari, Rahmonning farmoniga ko‘ra, Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi rahbari Qodir Qosim ham vazifasidan ozod etilgan. Uning o‘rnini bungacha prezident apparati rahbari o‘rinbosari bo‘lib kelgan Fayziddin Qahhorzoda egallagan. 

Transport vaziri Sherali Gandjalzoda vazir o‘rinbosari etib tayinlangan. Vazirlik rahbarligi Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati Rushan tumani rahbari Xudoyor Zavqibekka ishonib topshirilgan. 

Tojikiston moliya va iqtisodiyot instituti rektori bo‘lib ishlagan Ashurboy Solihzoda Tojikiston prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. Bu lavozimda ishlagan Farrux Hamralizoda esa Hisob palatasi rahbarligiga tayinlangan. U Dilmurod Davlatzodaning o‘rnini egallaydi. 

Mavzuga oid