Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zshahar qurilish invest» kompaniyasi tashkil etiladi
O‘zbekiston Prezidentining 13 yanvardagi qarori bilan «O‘zshahar qurilish invest» respublika ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasini tashkil etish tasdiqlandi. Unga 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p xonadonli uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi bo‘yicha arzon ko‘p xonadonli uylarni to‘liq tayyor holda foydalanishga topshirish sharti bilan qurish va rekonstruksiya qilish vazifasi yuklatiladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.
Kompaniya vazifalari ichiga moliyalashtirishni tashkil qilish va qurilish ishlari ustidan texnik nazoratni amalga oshirish, keyinchalik qurilgan uylarni imtiyozli ipoteka kreditlari hisobiga aholiga sotish uchun «Ipoteka bank» ATIBga topshirish ham o‘rin olgan.
«O‘zshahar qurilish invest»ning ustav kapitali 1 mlrd so‘m bo‘lib, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, «Ipoteka bank», «O‘zmetkombinat», «Qizilqumsement» va «O‘zbekinvest» mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.
Mavzuga oid
10:00 / 28.05.2025
«O‘zbekinvest» IUA a’zosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeyini mustahkamladi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
10:20 / 19.05.2025
"O‘zbekinvest" Ispaniya va Italiyadagi muzokaralar natijasida yangi xalqaro sheriklikka qadam tashladi
11:00 / 15.05.2025