Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yilda bozor xizmatlari 12,5 foizga o‘sdi
O‘zbekistonda 2016 yilning yanvar-dekabr oylarida bozor xizmatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,5 foizga o‘sdi va xizmatlar hajmi - 90,99 trln. so‘mni tashkil qildi.
Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, hisobot davrida quyidagi xizmat turlari bo‘yicha yuqori o‘sish sur'atlariga erishildi: moliyaviy xizmatlar - 19,2 foizga; ijara xizmatlari - 17,8 foizga; sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar - 16,1 foizga; ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar - 15,8 foizga; kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta'mirlash bo‘yicha xizmatlar - 14,9 foizga; savdo xizmatlari - 14,7 foizga.
Xizmatlar tarkibida eng katta ulush transport xizmatlariga – jami xizmatlarning 29,1 foizi; savdo xizmatlariga – 28,7 foizi; moliyaviy xizmatlarga - 10,8 foizi; aloqa va axborotlashtirish xizmatlariga - 6,7 foizi; ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarga - 3,7 foizi; ta'lim xizmatlariga - 3,6 foizi to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida yuqori o‘sish sur'atlarga Jizzax (17,7 foiz), Toshkent (16,7 foiz), Andijon (16,5 foiz), Farg‘ona (16,4 foiz), Qashqadaryo (16,3 foiz), Surxondaryo (16,3 foiz), Namangan (16,0 foiz) viloyatlarida erishildi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025