Jahon | 08:37 / 24.01.2017
4594
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Janubiy Xitoy dengizining xalqaro maqomini himoya qiladi

Foto: RIA

AQSh yangi ma'muriyati davrida Janubiy Xitoy dengizidagi tortishuvli hududlarning xalqaro maqomini himoya qiladi. Bu haqda Oq uyning rasmiy vakili Shon Spayser ma'lum qilgan.

"Agar ushbu havzalar Xitoy tarkibiga kirmay, haqiqatdan ham xalqaro foydalanishda bo‘lsa, biz xalqaro hududni bir mamlakat egallab olishidan himoya qilish niyatidamiz", — degan Spayser matbuot brifingida. 

Spayser, shuningdek, "AQSh ushbu mintaqadagi milliy manfaatlarini himoya qilish"ini qayd etgan.

Xitoy va mintaqadagi qator mamlakatlar, Yaponiya, Vetnam va Filippin mamlakatlari Janubiy va Sharqiy Xitoy dengizlaridagi chegaralar hamda o‘ziga tegishli hududlar borasida turli fikrga ega. 

XXRga ko‘ra, Filippin va Vetnam mintaqada keskinlikni kuchchaytirish uchun AQShning qo‘llab-quvvatlashidan foydalanmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid