Jahon | 07:56 / 24.01.2017
8771
1 daqiqa o‘qiladi
Maykl Pompeo MRB rahbarligiga tasdiqlandi
AQSh Senati Amerika Kongressida Kanzas shtati vakili Maykl Pompeoni AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi direktori lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Pompeo nomzodini ma'qullab 67 senator ovoz bergan, 30 nafari qarshi chiqqan.
Bundan avvalroq, Maykl Pompeo Kongressning razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida «Rossiya tomonidan amalga oshirilgan kiberhujumlar»ga «kuchli javob berish»ga chaqirgan edi.
Mavzuga oid
22:07
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:58
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
18:44
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15