Xalq qabulxonalari: ular qanday joy?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabr kungi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida Xalq qabulxonasi tashkil etildi.
Mazkur qabulxonada tegishliligiga ko‘ra davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari taaluqli bo‘lgan murojaatlarni qabul qilish, qayta ishlash, ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud.
Tez fursatlar ichida tuman markazidagi moliya bo‘limi binosida tashkil etilgan Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun kutish, ro‘yhatga olish, ona va bola, tibbiyot xonalari namunali tarzda jihozlangan. Ish yuritish xonalari va kichik anjumanlar zali zarur mebel va texnika vositalari bilan ta'minlandi.
Elmurod Ermatov. Andijon.
Mavzuga oid
19:44 / 26.09.2024
“Odamlar qiynalyapti” - Andijonda sel oqizib ketgan ko‘prik qachon tiklanadi?
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024