Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarmoqda turmush qurish haqidagi omadsiz taklif videosi ommalashdi
Facebook’da turmush qurish haqidagi omadsiz taklif tasvirlangan video ommalashmoqda.
Hodisa AQShning Atlanta shahrida - Atlanta Hawks basketbol jamoasining uchrashuvlaridan birida ro‘y bergan. “Kecha ishqibozlardan biri o‘z sevgilisiga oila qurish haqida taklif qilmoqchi bo‘ldi, biroq mana bunday vaziyat sodir bo‘ldi”, - deyiladi Atlanta Hawks’ning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida.
Ma'lum bo‘lishicha, Philips Arena’da o‘rnatilgan kamera obektiviga sevishgan juftlik tushib qolgan. Tribunada bo‘lgan yosh yigit nikoh uzugini olib, o‘z sevligisiga berish arafasida turganida, yonida o‘tirgan ishqiboz uning yelkasiga qattiq turtib yubordi va uzuk pastga tushib ketgan.
Videoni bir kun davomida 300 mingdan ortiq inson tomosha qildi.
Mavzuga oid
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
12:02 / 09.01.2025
«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida
20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi
19:05 / 12.12.2024