Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp musulmon muhojirlarga tegishli farmonni imzolashi mumkin
AQSh prezidenti Donald Tramp 25 yanvar kuni immigratsiya, xususan, qochqinlar va musulmon mamlakatlaridan kelgan muhojirlarga tegishli farmonlarni imzolashi mumkin. Bu haqda Reyter agentligi kongressmenlarning bir necha yordamchisi va vaziyatdan xabardor immigratsiya masalalari bo‘yicha ekspertlarga tayangan holda xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Tramp bu farmonlarni ichki xavfsizlik vazirligida imzolashi ehtimoli katta.
Yordamchilar va ekspertlarning ma'lumotlariga binoan, Tramp farmonlari Iroq, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yamandagi Amerika vizalariga ega bo‘lgan ayrim qochqin va boshqa kishilarning AQShga kirishini cheklashni nazarda tutadi.
Aytish joizki, AQSh prezidenti hokimiyati (vakolatlari) cheklanmagan emas. Masalan, uning ko‘plab farmonlarining ijrosini Kongress sekinlashtirishi (mablag‘ ajratmaslik yo‘li bilan) yoki Konstitutsiyaviy sud ijrosini umuman to‘xtatib qo‘yishi (Konstitutsiyaga zid deb topsa) ham mumkin.
Bundan tashqari, Kongressning ikki palatasini Respublikachilar partiyasi nazorat qilsa-da, ular prezidentga bevosita bo‘ysunmaydi va uning rejalarini amalga oshirishga majbur emas.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025