Jahon | 16:30 / 25.01.2017
4912
2 daqiqa o‘qiladi

Pan Gi Mun Janubiy Koreyani xalqaro qamaldan chiqishga undadi

Foto: AFP

Janubiy Koreya xalqaro maydonda juda ko‘p muammolarga duch kelganki, bu uning yakkalanib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda BMTning sobiq bosh kotibi va mamlakat prezidentligiga ehtimoliy nomzod Pan Gi Mun bayonot berdi. 

"AQSh hukumati tepasiga kelgan Tramp ichki masalalarga diqqatini qaratish istagida, Xitoy Janubiy Koreyada THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirishga qarshi, Yaponiya bilan munosabatlar yomonlashmoqda, Rossiya bilan rivojlanmayapti", - deb qayd etgan Pan Gi Mun o‘z chiqishida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDRning raketa-yadro dasturi ham Shimoli-Sharqiy Osiyo va butun dunyoga tahdid solish bilan Koreya yarim orolidagi vaziyatni izdan chiqarmoqda. 

"Bunday sharoitlarda Janubiy Koreya milliy manfaatlarini himoya qilishi, diplomatiyani rivojlantirish, xalqaro maydonda boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada faollashtirishi kerak", - deb hisoblaydi BMTning sobiq bosh kotibi. 

"Bizning boshqa yo‘limiz yo‘q. Koreya yarim orolidagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun biz AQSh, Xitoy, Rossiya va Yaponiya bilan birga ishlashimiz kerak", - deya xulosa qilgan Pan Gi Mun va KXDRning tez orada yadrosizlanishiga umid bildirgan. 

Pan Gi Mun, shuningdek, Koreyada AQShning THAAD tizimlari joylashishi mamlakat xavfsizligi uchun zarur ekani, Xitoy tomoni buni tushunishni istamayotganini ta'kidlagan. 

Sobiq bosh kotibi, KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasida tashkil etilgan Keson sanoat majmuasi yopilishi ma'qullab, Seul va Pxenyan o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni muloqot eshiklarini ochish bilan tiklash zarurligini qayd etgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid