Rossiya Suriyaning yangi konstitutsiyasi loyihasini muxolifatga topshirdi
Moskva Ostonada bo‘lib o‘tgan anjumanda Suriyaning yangi konstitutsiyasi loyihasini qurollangan muxolifat vakillariga topshirdi. Bu haqda Rossiya delegatsiyasi rahbari Aleksandr Lavrentev ma'lum qildi.
Lavrentevning aytishicha, ushbu loyiha rossiyalik mutaxasssislar tomonidan tayyorlangan.
Ostonada 23-24 yanvarda bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalariga ko‘ra, Rossiya, Eron va Turkiyaning birgalikdagi bayonoti qabul qilindi, unda tomonlar Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish tartibini kuzatuvchi uch tomonlama mexanizm yaratilishini e'lon qilganlar.
Suriya muxolifati delegatsiyasi rahbari Muhammad Allush Rossiyaning Suriyada tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha roli ortib borayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Muxolifat yangi konstitutsiya loyihasi ustida ishlashga tayyorligini bildirgan.
Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralar 23-24 yanvarda bo‘lib o‘tdi. Uning o‘tkazilishi tashabbusini Vladimir Putin bildirgan.
Mavzuga oid
11:30 / 01.10.2024
BMT: 100 000 kishi Livandan Suriyaga qochdi
16:11 / 09.09.2024
Suriyada Isroil zarbasi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
18:58 / 17.08.2024