Sport | 22:17 / 25.01.2017
12140
1 daqiqa o‘qiladi

Useyn Bolt Olimpiada medalidan mahrum etildi

Foto: epa/vostock-photo

Yamaykalik sprinter Useyn Bolt va uning terma jamoa bo‘yicha sheriklari Nesta Karterning doping-namunasi qayta tekshirilgandan keyin Pekin Olimpiadasi oltin medalidan mahrum etildilar. Bu haqda "R-Sport" xabar bermoqda

Karterning namunasida taqiqlangan metilgeksanamin vositasi izlari aniqlangan. Shu sababli 4x100 metrga estafeta natijasi bekor qilindi, yamaykalik sprinterlar esa medallarni qaytarib berishlari kerak bo‘ladi. Karterning o‘ziga esa 1,5 yillik diskvalifikatsiya solinishi mumkin.

Bu natija bekor qilingani sababli Bolt 8 karra Olimpiya chempioniga aylandi.

Avvalroq sportchi intervyusida medalni qaytarishga tayyorligini, biroq bundan uning ko‘ngli o‘ksishini aytgandi. 

Endi bu oltin medal Trinidad va Tobago terma jamoasiga beriladi, kumush medallar esa yaponiyalik sportchilarga, bronza medallari esa braziliyaliklarga nasib qiladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid