Jahon | 00:54 / 26.01.2017
5138
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: Qozog‘iston parlamenti rolini jiddiy kuchaytirish rejalashtirilmoqda

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev unga taklif qilinayotgan konstitutsion islohotlarga ko‘ra, mamlakat prezidenti hokimiyat bo‘g‘inlari ustidan oliy hakam rolini bajarishini aytdi.

"Taklif qilinayotgan islohotning mohiyati hokimiyat vakolatlarining jiddiy qayta taqsimlanishi, siyosiy tizimning demokratlashuvidan iborat. Prezident uchun strategik vazifalar, hokimiyat bo‘g‘inlari o‘rtasidagi munosabatlarda oliy hakam roli ustuvor bo‘ladi", deb aytdi Nazarboyev Qozog‘iston telekanallari efirida.  

Uning aytishicha, davlat rahbari "tashqi siyosat, milliy xavfsizlik, mudofaa qobiliyatiga e'tiborni mujassamlashtiradi". 

Shuningdek, ushbu islohotlar doirasida mamlakat parlamenti rolini jiddiy kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Saylovlarda yutgan partiya vazirlar mahkamasini shakllantirishga hal qiluvchi yo‘sinda ta'sir qiladi. 

Nazarboyevning aytishicha, parlamentning hukumatni shakllantirishdagi rolini kuchaytirish, "vazirlar mahkamasining deputatlik korpusi oldidagi javobgarligini oshirish" lozim.  

Shundan kelib chiqib, Nazarboyev hukumat avvalgidek prezident oldida emas, parlamentning yangi saylangan quyi palatasi oldida vakolatini topshirsa, qonunan to‘g‘ri bo‘lishini aytdi. 

Mavzuga oid