Sport | 13:54 / 26.01.2017
6698
1 daqiqa o‘qiladi

Opa-singil Uilyamslar to‘qqizinchi marta «Ulkan toj» finalida uchrashadi

Amerikalik opa-singil tennischilar Serena va Vinus Uilyams Melburnda davom etayotgan Australian Open musobaqasining finaliga yo‘llanma oldi.

Mazkur final ikki tennischining «Ulkan toj» finalidagi to‘qqizinchi to‘qnashuvi bo‘ladi. Hozirgi vaqtga qadar o‘zaro uchrashuvlarda Serena 6:2 hisobida ustun kelmoqda.

Opa-singil Uilyamslar oxirgi marta «Uimbldon» finalida 2009 yilda ro‘baro‘ kelishgandi. Ilk to‘qnashuv 16 yil oldin US Open-2001da qayd qilingan.

Australian Open
Mukofot jamg‘armasi – 50 000 000 avstraliya dollari

Yarim final

Vinus Uilyams (AQSh) – Koko Vandevey (AQSh) 
6:7, 6:2, 6:3
Serena Uilyams (AQSh) – Miryana Lyuchich-Baroni (Xorvatiya) 
6:2, 6:1

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid