Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp chegarani qo‘riqlash va immigratsiya haqidagi farmonlarni imzoladi
AQSh prezidenti Donald Tramp chegarani muhofaza qilish va immigratsiya haqidagi farmonlarni imzoladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser bu farmonlar chegarada to‘siqlar qurish, jinoiy o‘tmishga ega noqonuniy muhojirlarni ommaviy ravishda chiqarib yuborish, muhojirlarni federal hukumatlarga topshirishdan bosh tortuvchi shaharlarni federal byudjyetdan moliyalashtirishni to‘xtatish kabi choralarni o‘z ichiga olishini aytgan.
Uning aytishicha, AQShdan uning hududida noqonuniy ravishda bo‘lgan va jinoyatchilik uchun sudlangan odamlarni chiqarib yuborish ustuvor bo‘ladi. Ular belgilangan jazoni o‘tab bo‘lganlaridan keyin qo‘llariga "asl yurtlariga pattalari" tutqaziladi. Spayserning aytishicha, davlatlar o‘z fuqarolarini qabul qilishlariga to‘g‘ri keladi, yo‘qsa ularning boshqa fuqarolariga viza berilmaydi.
Mavzuga oid
17:44 / 07.03.2025
Tramp fuqarolari AQShga kirishi taqiqlangan mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirmoqchi – OAV
09:19 / 27.11.2024
Italiyadagi xushmanzara qishloq Tramp boshqaruvidan norozi amerikaliklarga 1 dollardan uy taklif qilmoqda
00:30 / 13.11.2024
«Deportatsiya, chegara devori, bekor qilinadigan gumanitar yordamlar». Tramp prezidentligining ilk kunida nimalar qilishi ma’lum bo‘ldi
20:30 / 27.08.2024