Xorijiy ekspert: "O‘zbekiston katta islohotlar davrida"
"2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasiga bag‘ishlangan media-haftalikning so‘nggi kunida ko‘plab mehmonlar, diplomatik korpus vakillari, elchixona vakillari, xorijiy ekspertlar ishtirok etishmoqda. Kun.uz muxbiri O‘zbekistondagi "Mintaqaviy muloqot" (Regional Dialogue) NNT rahbari Myusha Sever bilan suhbat qurib, tashkil etilgan media-haftalik haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
"Men bir yildan beri O‘zbekistonda o‘tkazib kelinayotgan press-klublarni to‘laqonli yoqlab kelaman va bugungi katta anjuman bilan barchani tabriklayman. Men turli mavzularda bo‘lib o‘tayotgan ommaviy muhokamalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayman. Hozir islohotlar davridamiz. Mazkur islohotlarni amalga oshirish strategiyasi bo‘yicha o‘tayotgan muhokamalar va ularni aholiga yetkazish juda ham muhim ahamiyatga ega.
Shu o‘rinda mazkur tadbirlarni jamoatchilikka, insonlarga ochiq namoyish etishda OAVning roli va imkoniyatlari katta".
Shuningdek, mamlakatimizdagi Mintaqaviy muloqot rahbari prezident tomonidan ilgari surilgan "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" haqida ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:
"Taqdim etilgan strategiyaning yo‘nalishlarini to‘g‘ri va o‘rinli, deb hisoblayman. Men mazkur strategiyani bir necha yillardan beri qo‘llab kelaman. Bizning tashkilot uning amaliyotda joriy etilishiga yordam berishda davom etadi. Bu katta vazifa va biz uni amalga oshirish uchun birlashib, hamkorlikda ishlashimiz zarur".
Eslatib o‘tamiz, "Mintaqaviy muloqot" O‘zbekistondagi filiali 2011 yildan beri faoliyat olib boradi. Myusha Sever esa mamlakatimizda 2003 yildan buyon ishlab kelmoqda.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024