Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada Berluskoniga qarshi tergov qayta boshlandi
Milan prokuraturasi Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoniga qarshi uning balog‘atga yetmagan fohishalar xizmatidan foydalangani ishi yuzasidan guvohlarni sotib olganlikda gumon qilinayotgani bo‘yicha tergovni qayta boshladi, deb xabar bermoqda La Repubblica nashri.
Tergov materiallariga ko‘ra, Berluskoni o‘zining shaxsiy buxgalteri Juzeppe Spinelliga tergov ostida bo‘lgan qizlarga ular sud jarayonida yolg‘on gapirishlari uchun pul yetkazib berishni buyurgan.
Tergov versiyasiga ko‘ra, 2016 yil sentabrdan hozirgacha Berluskoni buxgalteri orqali 4 qizga 2-3 ming yevrodan 10 ta to‘lovni amalga oshirgan.
Avvalroq Milan prokuraturasi Berluskoniga nisbatan guvohlarni sotib olishda gumon qilinishi bo‘yicha tergovni qayta boshlashi ma'lum qilingandi. Sobiq bosh vazir uning Arkordagi villasidagi ko‘ngilxushliklarda ishtirok etgan qizlarga hech narsa aytmasliklari uchun pul bergan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025