Jahon | 19:14 / 27.01.2017
39806
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Tramp nimani muhokama qilishlari ma'lum bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin telefon orqali muloqotda “radikal terrorchilikni qanday qilib yo‘q qilish” haqida suhbatlashishadi. Uning davomida, shuningdek, bir qator boshqa masalalar ham muhokama qilinadi, deb xabar berdi Tramp maslahatchisi Kelliann Konuey CBS telekanaliga bergan intervyusida.

"O‘ylashimcha, ular ikki mamlakat o‘rtasidagi radikal terrorchilikni yo‘q qilish masalasi bo‘yicha qo‘shma ishni muhokama qilishadi", - dedi u.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin shanba kuni kechqurun Tramp bilan telefon orqali suhbatlashishini tasdiqladi. Rejalashtirilishicha, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati parametrlari yuzasidan ham fikr almashishadi.

Mavzuga oid