Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela dollarning «qora bozor»dagi kursini e'lon qiluvchi saytni yopib qo‘ydi
Venesuela bosh prokurori Luisa Ortega Dias Karakas sudiga murojaat qilib, Dolar Today saytining faoliyatini zudlik bilan to‘xtatish borasida ko‘rsatma berishni so‘ragan. Bu sayt Amerika milliy valyutasi dollarning mahalliy valyutaga nisbatan "qora kursi"ni e'lon qiladi.
Hozirda, Venesuelada milliy pul bolivarning dollarga nisbatan bir necha kursi bor. DIPRO bo‘yicha belgilangan kursga ko‘ra 1 dollar 10 bolivarga teng bo‘lsa, qo‘shimcha almashish tizimi DICOM bo‘yicha 1 dollar 678 bolivarga teng. Ammo, bu ikkisi ham "qora bozor" ko‘rsatkichidan ancha past bo‘lib, bu yerda bir dollar 3,6 ming bolivarga teng.
Ortega Diasning so‘zlariga ko‘ra, prokuraturaga saytning ishlashiga doir ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda, uning faoliyatini surishtirish ishlari 2015 yil iyun oyidayoq boshlangan. Aniqlanishicha, sayt AQShda ro‘yxatdan o‘tgan, uning serverlari ham o‘sha mamlakatda joylashgan, deb yozadi Noticias24 portali.
Mavzuga oid
15:30 / 01.06.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025