Jahon | 13:42 / 28.01.2017
35375
2 daqiqa o‘qiladi

Islomni qabul qilgani aytilayotgan aktrisa Lindsi Lohan Erdo‘g‘an bilan uchrashdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an amerikalik aktrisa Lindsi Lohan bilan uchrashdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Lohan o‘zining “Instagram”dagi sahifasida Erdo‘g‘an bilan uchrashuvdan olingan fotosuratni taqdim etdi. Shu bilan bir qatorda, u avvalgi barcha suratlarini o‘chirib tashlagan.

Ta'kidlanishicha, Turkiya poytaxtidagi prezidentlik saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, shuningdek, prezident rafiqasi Amina Erdo‘g‘an va Halablik yetti yoshli qizcha Bana al-Obod onasi bilan birga ishtirok etgan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, matbuot uchun yopiq tarzda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Holivvud yulduzi suriyalik qochqinlarga ko‘mak berayotgan Turkiya davlati pozitsiyasiga yuqori baho bergan.

Lohanning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya dunyodagi ko‘plab davlatlardan farqli ravishda Suriya xalqi fojiasiga bee'tibor bo‘lmadi.

«Turkiyaga kelishdan qo‘rqadiganlar ham bor. Biroq men bu yerda o‘zimni juda ham yaxshi his qilmoqdaman», - deya ta'kidlab o‘tdi aktrisa.

Avvalroq turli OAVlarida aktrisa Islom dinini qabul qilgani hamda “Instagram”dagi sahifasida shaxsiy ma'lumot bo‘limiga “Alaikum salam” so‘zlarini yozib qo‘ygani xabar qilingandi.

Mavzuga oid