Nepallik ayol bir necha ming qizni jinsiy qullikdan ozod etdi
Nepalda yashovchi ayol 10 mingdan ko‘proq qizni jinsiy qullikdan ozod etgani uchun mukofotlandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 67 yoshli Anuradxa Koyrala Hindistondagi eng nufuzli mukofot – Padma Shriga loyiq deb topilgan. Taqdirlash marosimi mart-aprel oylarida bo‘lib o‘tadi.
"Jinsiy savdoning 12 ming qurbonini qutqarib, reabilitatsiya qildi va 45 mingdan ko‘prog‘ining sotilishi oldini oldi", deb aytilgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi rasmiy saytida chop etilgan xabarda.
Koyralaning aytishicha, uni bunga qurbonlar his qiladigan jismoniy va ruhiy azob undagan. "Bu ranjituvchi holki, men undan yuz o‘girib keta olmadim", deb aytgan ayol.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda qullik qurbonlarining 40 foizi Hindistonga to‘g‘ri keladi.
1993 yilda Koyrala oilasi va jamiyat tomonidan quvg‘in qilingan, jinsiy-savdo qurbonlariga yordam beruvchi "Nepaldagi ona uyi" xayriya jamiyatini yaratgan. Tashkilot jinoyatchilarni ushlash uchun politsiya va hukumat bilan hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
23:02 / 03.10.2024
Hindiston Oliy sudi qashshoq oiladan chiqqan talabaning kollejga kirish orzusini ro‘yobga chiqardi
21:04 / 02.10.2024
Hindistonda o‘qituvchilar «maktab farovonligi» uchun o‘quvchini qurbon qilishdi
22:15 / 01.10.2024
Hindiston Venera sayyorasini tadqiq etish bo‘yicha birinchi missiyasini uchiradi
19:45 / 29.09.2024