Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 03:30 / 29.01.2017
20530
1 daqiqa o‘qiladi
Putin Tramp bilan Ukraina inqirozini muhokama qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin telefon suhbati davomida Ukrainadagi inqirozning asosiy jihatlarini muhokama qilishdi. Bu haqda Kreml xabarida ma'lum qilindi.
Shuningdek, davlat rahbarlari Arab-Isroil nizosi, strategik barqarorlik va tarqalmaslik sohasi, Eron yadro dasturi atrofidagi va Koreya yarim oroliga oid vaziyatlar borasida so‘z yuritishdi.
"Bu va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi", – deyilgan xabarda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish