Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh ma'muriyati mulozimlariga lobbizmni taqiqladi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh ma'muriyati mulozimlariga lobbichilik faoliyati bilan shug‘ullanishni taqiqladi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar qilmoqda.
Xususan, davlat mulozimlariga boshqa mamlakatlar manfaatlari yo‘lida lobbichilik qilishga umrbod va boshqa turdagi lobbichilik uchun 5 yillik taqiq joriy qildi.
Trampning qayd etishicha, u bilan ishlashni istaganlar diqqatini, o‘z kelajaklariga emas, Amerika xalqi foydasi uchun jamlashlari kerak.
AQSh ma'muriyati vakillarining fikricha, bu taqiq «tarixiy mohiyatga ega». Xabar qilinishicha, hozircha, bu ko‘rsatmaga qanday amal qilinishi ma'lum emas.
Avvalroq, Tramp AQSh Qurolli kuchlarini «qayta qurish» to‘g‘risida farmonni imzoladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025